Logo

Avtomexanik

29 Yan 2026
wave

Pure Milky Works – holding tarkibida jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, minglab mijozlar sevgan tabiiy sut va yog‘li mahsulotlar bilan shug‘ullanadi. Hozirda biz tajribali avtoslesar qidiryapmiz, u avtoparkni ishonchli ishlashini ta’minlab berib, jamoamiz azosiga aylanadi.

Avtomexanik

Sizning vazifalaringiz:


·      Yuk avtomobillaridan iborat avtoparkning soz va uzluksiz ishlashini ta’minlash

·      Yuk avtomobillari (Yevro KAMAZ, KAMAZ, MAN) va tirkamalarning uzel va agregatlarini garajda hamda joyiga chiqib ta’mirlash va almashtirish

·      Nosozlik sodir bo‘lgan joyga chiqib, muammoni tezkor bartaraf etish

·      Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) ishlarini bajarish

·      Rejali-profilaktik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish


Biz sizdan nimalarni kutamiz:


·      Yuk avtomobillarini ta’mirlash bo‘yicha avtoslesar sifatida ish tajribasi

·      Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish

·      Diagnostika, ta’mirlash va uzel hamda agregatlarni almashtirishni bilish

·      Yuk avtomobillarining tuzilishi va ishlash prinsiplari bo‘yicha bilim

·      Mas’uliyatlilik, aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish


Biz sizga nimani taklif qilamiz:


·      O‘z vaqtida va barqaror ish haqi

·      Ish grafigi: 6/1

·      Kompaniya hisobidan korporativ mobil aloqa

·      Korporativ oshxonada tushlik

·      Sport zaliga abonement

·      O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish


Sizning barqaror kelajagingiz Pure Milky bilan boshlanadi!