Logo

Merchеndayzer

27 Yan 2026
wave

Pure Milky Works — bu xolding tarkibida jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, u minglab mijozlar sevib iste’mol qiladigan tabiiy sut hamda yog‘-moy mahsulotlariga ixtisoslashgan. Hozirda biz jamoamizga qo‘shilib, rekord darajadagi savdolarga erishishda yordam beradigan ambitsiyali Savdo nazoratchisini izlayapmiz!

Merchеndayzer

Sizning vazifalaringiz:


·      Savdo tarmoqlariga tashrif buyurish

·      Zarur hollarda do‘kon rahbariyati bilan muzokaralar olib borish

·      Mahsulot mavjudligini nazorat qilish

·      Mahsulot yetishmovchiligi haqida xabar berish

·      Kompaniya standartlari va savdo tarmog‘i planogrammalariga muvofiq mahsulot joylashtirilishini ta’minlash

·      Javon (polka) maydonini kengaytirish

·      POS materiallarini (POSM) o‘rnatish

·      Hisobotlarni yuritish


Nomzoddan nimalarni kutamiz:


·      Savdo nuqtasi xodimlari bilan xushmuomala va madaniyatli muloqot qila olish

·      Kelishuvga erisha olish qobiliyati (polka, joy, qo‘shimcha joylashtirish)

·      Mahsulot joylashtirish tamoyillarini tushunish

·      Merchandayzing standartларини билиш (ёки тез ўрганишга тайёрлик)

·      Assortiment, qoldiqlar va narx yorliqlari bilan ishlash ko‘nikmalari

·      Asosiy hisobot yuritish ko‘nikmalari (foto hisobotlar, chek-listlar, mobil ilovalar)


Biz nimalarni taklif qilamiz:


·       O‘z vaqtida va barqaror beriladigan ish haqi

·       Ish grafigi: 6/1

·       Kompaniya hisobidan korporativ mobil aloqa

·       Korporativ oshxonada tushlik

·       Sport zaliga abonement

·       O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish


Sizning barqaror kelajagingiz Pure Milky bilan boshlanadi!