Pure Milky Works — xoldingimiz tarkibidagi jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, mamlakat bo‘ylab minglab mijozlar tanlagan tabiiy sut va yog‘-moy mahsulotlariga ixtisoslashgan.
Logistika bo‘limi boshlig‘i
Biz quyidagi ko‘nikma va kompetensiyalarga ega nomzodlarni ko‘rib chiqamiz:
· Logistika sohasida kamida 2–3 yillik ish tajribasi;
· Aniq va ravon nutq, samarali muloqot qilish qobiliyati;
· Yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirishga tayyorlik;
· Logistika, iqtisodiyot yoki shunga yaqin yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
· Microsoft Office va 1C dasturlarini yaxshi bilish;
· Yuk transporti turlari bo‘yicha asosiy bilimga ega bo‘lish.
Sizning asosiy vazifalaringiz quyidagilardan iborat bo‘ladi:
· Samarqand va boshqa hududlarda yuk jo‘natmalarini nazorat qilish;
· Mahalliy yetkazib beruvchilardan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish uchun yetkazib berishni tashkil etish;
· Xorijdan xom ashyo, ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chiqarish materiallarini yetkazib berishni tashkil etish;
· Hududlar bo‘yicha jo‘natma grafigi tahlilini va hisobotini yuritish.
Biz taklif qilamiz:
· Raqobatbardosh ish haqi va KPI asosida bonuslar;
· Ish jadvali: Dushanba–Juma (08:00–17:00), Shanba (08:00–12:00);
· Yo‘l qira xarajatlarini yoki (Yoqilg‘i) qoplash;
· Korporativ mobil aloqa;
· Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
· Kasbiy o‘sish imkoniyatlari va cheklanmagan o‘quv dasturlariga kirish;
· Sport zaliga abonement;
· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy bandlik.