Pure Milky Works — bu xolding tarkibidagi jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish kompaniyasi bo‘lib, u tabiiy sut va yog‘-moy mahsulotlariga ixtisoslashgan. Bugungi kunda bu mahsulotlar minglab mijozlar tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Biz hozirda xalqaro yetkazib berish yo‘nalishini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan, tashabbuskor va faol Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha menejerni izlayaqmiz. Ushbu lavozimdagi xodim kompaniyamizni oldinga yetaklovchi jamoamizning ajralmas qismiga aylanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha menejer
Sizning asosiy vazifalaringiz:
• Zapas qismlar uchun xomashyo va materiallarni xarid qilish, shuningdek logistika va ta'minot zanjirlari (Supply Chain) bilan bog‘liq barcha jarayonlarni samarali tashkil etish va nazorat qilish;
• Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va hamkorlik shartnomalarini tuzish;
• Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) sohasidagi jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
• Rahbariyat tomonidan berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida va sidqidildan bajarish.
Bizning talablarimiz:
• Yuqori darajadagi muloqot qobiliyati, ochiq fikrlilik va yangiliklarga tayyorgarlik;
• Savodli, ravon yozma va og‘zaki nutq;
• Menejment, iqtisodiyot yoki shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot;
• Microsoft Office va 1C dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalari;
• Xitoy tilini mukammal darajada bilish (shart);
• Supply Chain sohasida tajribaning mavjudligi afzallik hisoblanadi.
Biz sizga taklif etamiz:
• Raqobatbardosh maosh va natijadorlikka asoslangan bonuslar (KPI);
• Ish jadvali: dushanba — juma (08:00–17:00), shanba (08:00–12:00);
• Yo‘l xarajatlari (YOQ/GSM) uchun kompensatsiya;
• Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi rahbari lavozimigacha kasbiy o‘sish imkoniyati;
• Jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun korporativ sport zaliga kirish imkoni;
• O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish;
• Tajriba va tashabbuslar qadrlanadigan, mehnatsevar va professional jamoa safida faoliyat yuritish imkoniyati.
Nega aynan biz?
Biz bilan siz rivojlanasiz!
Pure Milky Works har bir xodimning shaxsiy salohiyati va yutuqlarini qadrlaydi, ularning kasbiy o‘sishiga keng yo‘l ochadi. Biz bilan siz o‘zingizdagi kuchli tomonlarni ro‘yobga chiqarasiz, yuqori natijalarga erishasiz va munosib e’tirofga ega bo‘lasiz.
Agar siz xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirish, samarali ta’minot zanjirlarini yo‘lga qo‘yish hamda strategik ahamiyatga ega jarayonlar uchun javobgarlikni o‘z zimmaningizga olishga tayyor bo‘lsangiz — o‘z rezyumeyingizni bizga yuboring yoki bevosita aloqaga chiqing.
Sizning muvaffaqiyatli karerangiz Pure Milky bilan boshlanadi!